VOLFRAM SAQLOVCHI TEXNOGEN CHIQINDILARNI BOYITISHDA CHO‘KTIRISH MASHINASI VA VINTLI SEPARATOR SXEMALARINING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH
Аннотация
Maqolada Ingichka boyitish fabrikasining to‘plangan chiqindilari va
«UzTMK» AJ NPO keklarini boyitishda cho‘ktirish mashinasi–konsentratsion stol va
vintli separator–konsentratsion stol sxemalari Xenkok bo‘yicha ajratish samaradorligi va
boyitish darajasi orqali solishtirilgan. Chiqindilar uchun cho‘ktirish mashinasi sxemasi
barcha ko‘rsatkichlarda ustun: konsentrat sifati 21,7–27,3% WO₃, ajratib olish 61,3–
69,8%, samaradorlik 61–70% (vintli separatorda 47–51%). Kek uchun esa manzara
teskari: vintli separator 58,6–69,4% ajratib olishni va 54–64% samaradorlikni
ta’minlaydi, cho‘ktirish mashinasi esa 55,8% WO₃ li konditsion konsentrat beradi, lekin
ajratib olish 59,3% dan oshmaydi. Kek uchun vintli separatorda dag‘al boyitish va
cho‘ktirish mashinasi hamda stolda tozalashni birlashtirgan sxema asoslangan