IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA SUV RESURSLARINI BOSHQARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Аннотация
Maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarishning
dolzarb muammolari va ularni yumshatishda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari
tahlil qilinadi. IoT sensorlari, masofadan zondlash, geografik axborot tizimlari (GIS),
sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va avtomatlashtirilgan sug‘orish yechimlarining suv
sarfini hisobga olish, yo‘qotishlarni aniqlash, suv taqsimotini rejalashtirish hamda
qurg‘oqchilik xavfini baholashdagi vazifalari yoritiladi. Tadqiqot adabiyotlar sharhi va
xalqaro tashkilotlar hisobotlarining qiyosiy tahliliga asoslangan. O‘zbekiston sharoitida
irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, suv hisobini raqamlashtirish,
ma’lumotlar almashinuvi va texnik salohiyatni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida
ko‘rsatiladi. Maqolada raqamli yechimlarning samarasi mahalliy sharoit, boshqaruv sifati
va ma’lumotlarning ishonchliligiga bog‘liqligi ta’kidlanadi.