SHURTAN GAZ-KIMYO MAJMUASIDA KOAGULYANTLARNI ARALASHTIRGICH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Barnoqulov Bahromjon Furqat o‘g‘li Author

Keywords:

koagulyatsiya, koagulyant, tez aralashtirish, flokulyatsiya, aralashtirgich, avtomatik dozalash, chastota o‘zgartirgich, loyqalik, pH, suv ta’minoti, Shurtan gaz-kimyo majmuasi

Abstract

Ushbu maqolada Shurtan gaz-kimyo majmuasining suv
ta’minoti tizimida koagulyantni suv bilan aralashtirish jarayonining texnologik va
boshqaruv jihatlari tahlil qilindi. Koagulyatsiya samaradorligi reagentning suv
hajmida tez va bir tekis disperslanishi, aralashtirish intensivligi hamda suvning
loyqaligi va pH ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq. Mavjud doimiy tezlikda ishlovchi
aralashtirgichlar suv sarfi va suv tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lgan sharoitda har doim ham
optimal gidrodinamik rejimni ta’minlay olmaydi. Shu asosda aralashtirgich
konstruksiyasini takomillashtirish, elektrodvigatel aylanish tezligini chastota
o‘zgartirgich orqali rostlash, suv sarfiga bog‘langan avtomatik koagulyant dozalash
va loyqalik hamda pH bo‘yicha qayta aloqa nazoratini birlashtiruvchi texnologik
yechim taklif etildi.

Downloads

Published

2026-09-30