MEVA VA SABZAVOTLARNI UZOQ VAQT SAQLASHDA EKOLOGIK XAVFSIZ O‘SIMLIK EPIFIT MIKROFLORALARI ASOSIDA BIOPREPARATLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Epifit mikroorganizmlar, antagonistik faollik, biopreparat, Botrytis cinerea, Penicillium expansum, saylash davridagi kasalliklar, biokontrolAbstract
Mazkur tadqiqot meva va sabzavotlarni uzoq muddat saqlash davrida uchraydigan asosiy fitopatogenlarga (Botrytis cinerea, Penicillium expansum, Aspergillus niger) qarshi yangi samarali epifit shtammlarning antagonistik faolligini baholashga bag‘ishlangan. Laboratoriya tajribalarida yangi biotexnologiya asosida yaratilgan epifit biopreparatning fungitsidlik ta’siri nazorat guruhi va an’anaviy kimyoviy fungitsidlar bilan qiyosiy o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, epifit biopreparat Botrytis cinerea patogeni o‘sishini 89,5 %, Penicillium expansum ni 78 % va Aspergillus niger ni 81,5 % ga bostirib, yuqori biologik samaradorlik ko‘rsatdi. Bu esa qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlashda kimyoviy fungitsidlardan voz kechib, ekologik xavfli vaziyatni yumshatuvchi hamda maxsulot sifatini saqlab qoluvchi muqobil biologik usullarni joriy etish uchun muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

