INSON KUNDALIK HAYOTIDA ENERGIYA TAQSIMOTI
Keywords:
energetik quvvat, kaloriya, oziq-ovqat mahsulotlari, oqsil, yog’, uglevod, rasional ovqatlanish.Abstract
Sog‘lom ovqatlanish inson salomatligining asosiy omillaridan
biri hisoblanadi. Har bir oziq-ovqat mahsulotining tarkibidagi energiya miqdori –
ya’ni kaloriyaviy quvvati, inson tanasiga zarur bo’lgan energiya manbaidir. Bu
energiya harakat qilish, nafas olish, yurak-qon tomir tizimi faoliyati va muhitga
moslashish kabi fiziologik jarayonlarni amalga oshirish uchun sarflanadi. Ushbu
maqolada oziq-ovqat mahsulotlarining energetik quvvati (kaloriyalik qiymati)
tushunchasi, uni aniqlash usullari hamda inson organizmi hayotiy faoliyatidagi
ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Makronutrientlar — oqsillar, yog’lar va
uglevodlarning energetik hissasi tahlil qilinib, turli oziq-ovqat mahsulotlarining
kaloriyalik qiymati solishtiriladi. Shuningdek, rasional ovqatlanishni shakllantirishda
energetik balansning roli ko’rib chiqiladi.

