MAKTAB PEDAGOGLAR UCHUN JSON TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ELEKTRON HUJJATLAR BAZASINI YARATISH
Keywords:
elektron hujjat, ma'lumotlar bazasi, JSON, pedagog, maktab, vebilova, SPA, localStorage, CRUD, avtomatlashtirishAbstract
Maqolada maktab pedagoglariga tegishli hujjatlarni – buyruqlar,
sertifikatlar, attestatsiya natijalari va o'quv-metodik ishlarni – raqamli shaklda
saqlash, qidirish va boshqarishga mo'ljallangan elektron hujjatlar bazasi tizimini
JSON (JavaScript Object Notation) texnologiyasi asosida yaratish masalalari ko'rib
chiqilgan. An'anaviy qog'oz asosidagi hujjat yuritish tizimining kamchiliklari tahlil
etilgan, HTML5, CSS3, JavaScript ES6+ va Bootstrap 5 texnologiyalari qo'llanilgan
holda qo'shimcha server infratuzilmasini talab etmaydigan dasturiy ta'minot ishlab
chiqilgan. Sinov natijalari tizim maktab ma'muriyatining ish samaradorligini 60–70
foizga oshirish va yillik 15,5 million so'mdan ortiq tejash imkonini berishini
ko'rsatgan.

