REAL VAQT REJIMIDA VIDEOTASVIRLARNI FILTRLASH ALGORITMLARINING KOMPYUTER KO‘RISH TIZIMLARIDAGI AHAMIYATI
Keywords:
real vaqt videotasvir raqamli filtr kompyuter ko‘rish IP-kamera Hikvision median filtr Gauss filtri bilateral filtr CLAHE FPS kechikish obyektni aniqlash.Abstract
Ushbu maqolada real vaqt rejimida videotasvirlarni filtrlash algoritmlarining
kompyuter ko‘rish tizimlaridagi ahamiyati tadqiq etiladi. Tajriba obyekti sifatida
Hikvision IP kamera Model: TL7534101K orqali olingan videokadrlar tanlandi.
Videokuzatuv tizimlarida obyektni aniqlash harakatni kuzatish va xavfsizlik
monitoringi natijasi nafaqat kameraning apparat imkoniyatiga balki kiruvchi tasvir
signalining dastlabki qayta ishlanishiga ham bog‘liq. Tungi yoki past yoritilgan
sharoitda olingan kadrlar shovqin kontrast yetishmasligi xiralashish va fon bilan
obyekt o‘rtasidagi farqning kamayishi bilan tavsiflanadi. Bunday holatda median
Gauss bilateral filtr CLAHE va gamma-korreksiya kabi usullar kompyuter ko‘rish
modellariga uzatiladigan axborotni sifat jihatdan yaxshilaydi. Maqolada real vaqt
cheklovlari kadrni qayta ishlash vaqti FPS ko‘rsatkichi kechikish va aniqlik
o‘rtasidagi muvozanat ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki
real vaqtli tizimlarda filtr tanlashda faqat tasvir sifati emas balki hisoblash
murakkabligi ham muhim mezon hisoblanadi.

