TRACKER VIDEO ANALYSIS DASTURI YORDAMIDA MAKSVELL MAYATNIGINING SO‘NISH KOEFFITSIYENTINI EKSPERIMENTAL ANIQLASH
Keywords:
Maksvell mayatnigi, qarshilik koeffitsiyenti, videoanaliz, Tracker dasturi, mexanik harakat, amplituda so‘nishi, energiya yo‘qotilishi, laboratoriya tajribasi.Abstract
Mazkur maqolada Maksvell mayatnigining harakat jarayonida
yuzaga keluvchi qarshilik kuchlari va ularning harakat dinamikasiga ta’siri tadqiq
qilindi. Tajribalarni amalga oshirishda Tracker Video Analysis dasturidan
foydalanilib, mayatnik harakatining videoanalizi bajarildi hamda koordinata, tezlik va
tezlanishning vaqtga bog‘liqlik grafigi olindi. Olingan eksperimental ma’lumotlar
asosida tizimdagi energiya yo‘qotilishi va amplitudaning so‘nishi tahlil qilinib,
qarshilik koeffitsiyenti hisoblab chiqildi. Tadqiqot natijalari videoanaliz
texnologiyalarining mexanika bo‘limidagi laboratoriya mashg‘ulotlari
samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu metod
an’anaviy o‘lchash vositalariga nisbatan yuqori aniqlik va qulaylikka ega ekanligi
bilan tavsiflanadi.

