FREELANCER.UZ WEB PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
freelance platforma, raqamli iqtisodiyot, masofaviy mehnat, escrow, React.js, Node.js, to‘lov tizimlari.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi sharoitida milliy
freelance platformasi — freelancer.uz veb-tizimini ishlab chiqishning nazariy
asoslari, arxitekturaviy yondashuvlari va dasturiy yechimlari ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqotning dolzarbligi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi, masofaviy mehnat
bozorining kengayishi hamda mahalliy mutaxassislar uchun ishonchli va
moslashtirilgan platformaga ehtiyoj bilan belgilanadi.
Maqolada Upwork, Fiverr va Freelancer.com kabi xalqaro platformalar tahlil
qilinib, funksional va funksional bo‘lmagan talablar aniqlangan hamda “mijoz–
ijrochi–tizim” modeli taklif etilgan.
Texnik jihatdan tizim Node.js va PostgreSQL asosidagi backend hamda
React.js asosidagi frontenddan iborat uch qatlamli arxitektura sifatida ishlab
chiqilgan. Click, Payme va Uzcard to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilingan escrow
mexanizmi qo‘llanilgan. Natijada reyting, kelishuv va nizolarni hal etish modullari
ishlab chiqilib, platformaning ishonchliligi oshirilgan.

