KIMYOVIY VA FIZIK JARAYONLARNING QOTISHMALAR VA METALLARDAGI XOSSALARGA TA’SIRINI O‘RGANISH
Keywords:
Metall, qotishma, fizik jarayon, kimyoviy jarayon, termik ishlov, diffuziya, oksidlanish, qattiqlik, mikrostrukturaviy tahlil.Abstract
Ushbu maqolada metall va qotishmalarning fizik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida o‘zgarishi, ularning struktura va mexanik xossalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Termik ishlov berish, oksidlanish, diffuziya, kristallanish va erish kabi jarayonlarning asosiy mexanizmlari va metallik materiallarga ta’siri tahlil qilinadi. Qotishmalar misolida tajriba natijalari asosida strukturaviy o‘zgarishlar va funksional xossalardagi farqlar izohlanadi.

