HEMIS BIG DATA MA'LUMOTLARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA YOSHLARNING OLIY TA'LIMGA QABUL TENDENSIYASI: HUDUDLAR KESIMIDA GENDER TAHLILI (2023–2026)

Authors

  • O‘zbekov Shahzod Qurbonmurot o‘g‘li Author

Keywords:

Big Data, HEMIS, oliy ta'lim, qabul tendensiyasi, gender tahlil, Gender Parity Index, hududiy tahlil, davlat OTM, nodavlat OTM, inson kapitali, institutsional transformatsiya, Python.

Abstract

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida 2023–2026 o'quv
yillarida 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarning davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta'lim
muassasalarining 1-kursiga qabul qilinishi mulkchilik shakli, hududlar va gender
tarkibi kesimida chuqur statistik tahlil qilingan. Tadqiqot HEMIS axborot tizimidagi
2 millionga yaqin yozuvni o'z ichiga olgan Big Data ma'lumotlar asosida Python
dasturlash tili yordamida amalga oshirilgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, jami qabul
320 249 nafardan 443 272 nafargacha (38,4%) o'sgan, nodavlat OTMlarga qabul
98,8% ga keskin o'sgan, davlat OTMlar ulushi 63,1% dan 49,7% ga tushgan — ikki
qutbli model shakllanmoqda. Gender tarkibi bo'yicha ayollar ulushi 50,1% dan 52,5%
ga ko'tarilib, GPI 1,002 dan 1,105 ga yetgan. Hududiy tahlil Farg'ona vodiysida eng
yuqori o'sish (+78%), Qashqadaryo va Surxondaryoda esa ayollar ulushining pastligi
aniqlangan. M.Trow ning universallashtirish nazariyasi, G.Becker ning inson kapitali
konsepsiyasi va A.Sen ning imkoniyatlar yondashuvi doirasida natijalar ilmiy asoslab
berilgan.

Downloads

Published

2026-05-30