VITAMINLAR BILAN BOYITILGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING FUNKSIONAL XUSUSIYATINI TAHLIL ETISH
Keywords:
funksional oziq-ovqat, vitaminlar, boyitish, A vitamini, B guruhi vitaminlari, C vitamini, antioksidantlar, metabolizm, immun tizim, oziq-ovqat texnologiyasi.Abstract
Mazkur maqolada vitaminlar bilan boyitilgan funksional oziqovqat
mahsulotlarining zamonaviy oziqlanish tizimidagi o‘rni, ularning inson
organizmiga fiziologik ta’siri hamda sog‘liqni saqlashdagi ahamiyati yoritilgan.
Shuningdek, A, B guruhi va C vitaminlarining oziq-ovqat sanoatida qo‘llanilishi,
ularning biologik roli va funksional mahsulotlar tarkibida ishlatilish xususiyatlari
tahlil qilingan. Vitaminlar bilan boyitilgan mahsulotlarning metabolik jarayonlarni
tartibga solish, immun tizimini mustahkamlash va organizm ehtiyojlarini
qondirishdagi o‘rni asoslab berilgan.

