ALGEBRAIK IFODALARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLARI
Keywords:
algebraik ifodalar, kognitiv yondashuv, vizualizatsiya, Algebra Tiles, GeoGebra, Desmos, Flipped Classroom, metodik tavsiyalar, tipik xatolar, funksional yondashuv.Abstract
Mazkur maqolada umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida matematika
kursining poydevori hisoblangan algebraik ifodalarni o‗rgatishning nazariy va amaliy
metodik yondashuvlari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi
o‗quvchilarning konkret arifmetik tafakkurdan mavhum algebraik abstraksiyaga
o‗tish davridagi kognitiv qiyinchiliklarni tizimli bartaraf etish zarurati bilan
belgilanadi. Maqolada an‘anaviy o‗qitish metodlaridan tashqari, zamonaviy kognitivvizuallashtirish,
muammoli-izlanishli va funksional yondashuvlarning o‗rni tahlil
qilingan. Xususan, algebraik ayniyatlarni geometrik modellashtirish (Algebra Tiles),
"Flipped Classroom" (To‗ntarilgan sinf) texnologiyasi va raqamli didaktika
(GeoGebra, Desmos) vositalaridan foydalanishning dars samaradorligiga ta'siri
asoslab berilgan. Shuningdek, o‗quvchilar tomonidan eng ko‗p yo‗l qo‗yiladigan tipik
xatolarning pedagogik sabablari ochib berilgan va ularni korrektirovka qilish
bo‗yicha mualliflik tavsiyalari ishlab chiqilgan. Maqola natijalari matematika
o‗qituvchilari va matematika yo‗nalishi talabalari uchun uslubiy qo‗llanma sifatida
xizmat qilishi mumkin.

