MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA TU-90 MARKALI TEXNIK UGLEROD OLINISHI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI TADQIQ ETISH

Authors

  • Ortiqov Nosir Tojimurodovich Author
  • Karimov Masʻud Ubaydulla o‘g‘li Author
  • Djalilov Abdulaxat Turapovich Author

Keywords:

Texnik uglerod, TU-90, gidroksipropil-β-siklodekstrin, PAU, xelatlash, ASTM D1514, ASTM D2414, disperslik, strukturaviy tahlil, rezina sanoati, polimer kompozitlar, sirt faolligi

Abstract

Ushbu tadqiqotda TU-90 markali texnik uglerodni fizikkimyoviy
usullar asosida tozalash va uning strukturaviy xossalarini aniqlash
o‘rganildi. Dastlab xomashyo ISO 3310-1 standarti asosida mexanik aralashmalardan
tozalandi, keyinchalik gidroksipropil-β-siklodekstrin yordamida politsiklik aromatik
uglevodorodlar (PAU) suvli muhitga o‘tkazildi. Metall ionlarini kamaytirish
maqsadida xelatlash hamda HCl eritmasi bilan kimyoviy ishlov berish bosqichlari
amalga oshirildi. Olingan TU-90 namunasining disperslik darajasi ASTM D1514
standarti, strukturaviy xossalari esa ASTM D2414 standarti asosida baholandi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, PAUlarning 90 % dan ortig‘i suvli fazaga o‘tkazilgani
aniqlandi. TU-90 namunasining YYM qiymati 115,6 m3/kg ni tashkil etib, uning
o‘rtacha-yuqori strukturali texnik uglerod ekanligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar TU-
90 markali texnik uglerodning rezina va polimer kompozitlar ishlab chiqarishda
samarali qo‘llanish imkoniyatlarini tasdiqlaydi.

Downloads

Published

2026-05-31