SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALARNI PROGNOZLASH VA OLDINI OLISH

Authors

  • Ma’mirov Yorkinbek Tursunaliyevich Author

Keywords:

Sun’iy intellekt, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish xavfsizligi, prognozlash, mashinaviy o‘rganish, xavf-xatar tahlili, Big Data, monitoring tizimlari.

Abstract

Mazkur maqolada ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga keladigan baxtsiz hodisalarni oldindan prognozlash va ularning oldini olishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sanoat korxonalarida sodir bo‘ladigan xavfli vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda inson omilining ta’siri o‘rganilgan. Maqolada sun’iy intellekt asosidagi tizimlar yordamida real vaqt rejimida monitoring olib borish, potensial xavfli holatlarni aniqlash va ogohlantirish berish imkoniyatlari yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashuv ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sonini sezilarli darajada kamaytirish, mehnat muhofazasini samarali tashkil etish hamda ishchi-xodimlar salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

2026-04-30