KUTUBXONA AQILLI BOSHQARUV TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
aqlli tizim, kutubxona boshqaruvi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, axborot tizimlari, resurslarni boshqarish.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy kutubxonalar faoliyatini samarali
tashkil etishda aqlli boshqaruv tizimlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan,
raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan boshqaruv
yechimlaridan foydalanish orqali kutubxona xizmatlarini optimallashtirish masalalari
ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida aqlli boshqaruv tizimining asosiy komponentlari,
ularning funksional imkoniyatlari hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmat
sifatini oshirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, kutubxona resurslarini boshqarish,
kitob fondini monitoring qilish va foydalanuvchi ehtiyojlarini prognozlashda
zamonaviy yondashuvlar tahlil etiladi. Maqola natijalari kutubxona tizimlarini
raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.

