TOK BILAN BOSHQARILADIGAN VA GISTEREZISLI TOK ROSTLAGICHLI INVERTORLI CHASTOTA O‘ZGARTIRGICH
Keywords:
chastota o‘zgartirgich, invertor, gisterezisli tok rostlagichi, elektr yuritmalar, dinamik xarakteristika, garmonik buzilishlar, kommutatsiya chastotasi.Abstract
Mazkur maqolada chastota o‘zgartirgichli elektr yuritmalarda tokni boshqarishning samarali usullari, xususan, gisterezisli tok rostlagichli invertorlarning ishlash prinsiplari tadqiq etilgan. Tadqiqotda gisterezisli boshqarishning tizim dinamikasiga ta’siri, uning an’anaviy kenglik-impuls modulyatsiyasidan (KIM) afzalliklari va o‘ziga xos kamchiliklari tahlil qilingan. Shuningdek, tok xatoligini berilgan gisterezis diapazonida ushlab turish orqali yuqori aniqlikdagi tezkor boshqaruvga erishish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida gisterezisli rostlagichlarning energiya samaradorligi va elektromagnit moslashuvchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

