POLISTIROL CHIQINDILARIDAN OLINGAN STIROL ASOSIDAGI KOMPOZITSION SORBENT YORDAMIDA MOLIBDEN ISHLAB CHIQARISHI TEXNOGEN ERITMALARIDAN RENIYNI AJRATIB OLISH
Annotatsiya
Maqolada maishiy polistirol chiqindilarini termik destruksiyalab
olingan stirol, akrilonitril va divinilbenzol sopolimeri asosida, ikkilamchi va uchlamchi
aminlar bilan funksionallashtirilgan kompozitsion anionit olish hamda uni molibden
ishlab chiqarishining reniy saqlovchi texnogen eritmalaridan reniyni ajratib olishda
qoʻllash natijalari keltirilgan. Olingan stirolning elementar tarkibi (C 92,24 %, H 7,73 %)
nazariy qiymatlarga mos keladi. Sorbentning umumiy almashinuv sigʻimi 3,5–4,2 mgekv/
g, ezilishga chidamliligi 92–96 %. Reniy sorbsiyasining maksimumi pH 3 da
kuzatildi; pH 2–4 oraligʻida sorbsiya darajasi 85 % dan yuqori. SEM-EDS tahliliga koʻra,
reniy yutilgandan soʻng sorbent yuzasidagi reniy ulushi 64,0 mass. % ni tashkil etdi
(Purolite SIM202/4408 da 39,0 %). Reniy 10–12 % li ammiak eritmasi bilan bir kontaktda
98 % gacha desorbsiyalanadi. Elyuatdan ikki marta qayta kristallash orqali tarkibida 69,1
% Re boʻlgan, GOST 31411-2009 ga mos AR-0 markali ammoniy perrenat olindi. Import
sorbentni mahalliy sorbent bilan almashtirish bir korxonada yiliga 160 ming AQSh dollari
tejash imkonini beradi.