CHANGLI HAVONI TOZALASH USKUNALARI VA ULARNING ASPIRATSIYA TIZIMIDAGI TAHLILI
Keywords:
paxta tozalash korxonasi, changli havo, siklon, chang zarrachalari, havo tozalash, ekologik xavfsizlik, changni ushlab qolish, ish samaradorligi, atrof-muhit, atmosfera havosiAbstract
Ushbu maqolada paxta tozalash korxonalarida texnologik jarayonlar davomida hosil bo‘ladigan changli havoni kamaytirish va uning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olishda qo‘llaniladigan siklon qurilmalarining ishlash samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, siklonlarning chang zarrachalarini ajratib olish jarayonidagi roli, ularning konstruktiv va texnologik xususiyatlari hamda havo tozalash samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari paxta tozalash korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish va changni samarali ushlab qolish imkonini beruvchi qurilmalarni tanlashning muhimligini ko‘rsatadi.

