MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Keywords:
muhandislik grafikasi, sun’iy intellekt, grafik kompetensiya, fazoviy tasavvur, grafik tafakkur, raqamli ta’lim, individual ta’lim, teskari aloqa, akademik halollik.Abstract
Maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan pedagogik jihatdan maqsadli foydalanish masalasi yoritilgan. Muhandislik grafikasi fanining fazoviy tasavvur, grafik tafakkur, proyeksiyalash, kesim va qirqimlarni bajarish hamda grafik masalalarni mustaqil yechish kabi kognitiv faoliyatlarga asoslanishi hisobga olinib, sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot asosida sun’iy intellektni tayyor grafik yechimni taqdim etuvchi vosita sifatida emas, balki talabaning mustaqil grafik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi, xatolarni aniqlash, individual maslahat berish va o‘z-o‘zini nazorat qilishga ko‘maklashuvchi vosita sifatida qo‘llashga asoslangan metodik yondashuv taklif etilgan. Shuningdek, metodikaning samaradorligini baholash uchun tajriba va nazorat guruhlari natijalarini statistik tahlil qilish mezonlari asoslangan.

