ABSORBSION JARAYONIDA QURITISHGA TA’SIR ETUVCHI HODISALAR
Keywords:
tabiiy gaz, absorbsion quritish, glikol, glikol eritmasi, regeneratsiya, uch fazali separator, propanli sovutgich, issiqlik almashinuv qurilmasi, tozalash kolonnasi, azeotrop aralashma, ko‘piklanishAbstract
Ushbu maqolada tabiiy gazni glikol yordamida absorbsion
usulda quritish jarayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil
qilingan. Gaz tarkibidagi namlikni ajratib olish jarayoni, glikol eritmasining
regeneratsiyasi hamda quritish qurilmasining texnologik sxemasi yoritilgan.
Shuningdek, glikol eritmasining ko‘piklanishiga mexanik aralashmalar va
uglevodorod kondensatining ta’siri, regeneratsiya jarayonida yuqori harorat ta’sirida
glikolning termik parchalanishi va eritma kislotaliligining ortishi kabi muammolar
ko‘rib chiqilgan. Qurilmaning barqaror va samarali ishlashini ta’minlash uchun
yonilg‘i injektorlarining ish rejimini nazorat qilish, issiqlik almashinuvi jarayonlarini
optimallashtirish hamda glikol sifatini muntazam nazorat qilishning ahamiyati
asoslab berilgan.

