SAMARQAND SHAHRIDA AVTOBUS VA MIKROAVTOBUSLAR ISHTIROKIDA SODIR ETILGAN YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI

Authors

  • Ulkanov Sardor Sodiqjon oʻgʻli Author
  • Mahmudov Nurbek Author

Keywords:

avtomobil yo’llari, yo’l-transport hodisalari, avtobuslar va mikroavtobuslar, transport turi, tezlik, harakat miqdori, harakat kulayligi, transport okim.

Abstract

Ushbu tadqiqot Samarqand shahrida avtobus va mikroavtobuslar ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi, avtobus va mikroavtobuslar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining sabablarini aniqlash va shahar yo‘llaridagi xavfsizlikni yaxshilash uchun tavsiyalar ishlab chiqishdir. Samarqand shahrida so‘nggi yillarda transport vositalarining soni ortib borishi bilan birga yo‘l-transport hodisalari ham ko‘paygan. Xususan, avtobuslar va mikroavtobuslar ishtirokidagi avariyalar xavfsizlik muammolarini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda Samarqand shahrida 2020-2023 yillarda sodir bo‘lgan avtobus va mikroavtobuslar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining statistik tahlili o‘tkazildi. Hodisalarning joyi, vaqti, sabablari va oqibatlari o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, asosiy sabablar orasida yo‘l sharoitlari, transport vositalarining texnik holati va yo‘lovchilarning ehtiyotsizligi mavjud. Eng ko‘p avariyalar shahar markazida, asosan tormozlash masalalari va tezlikni oshirish bilan bog‘liq. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, avtobuslar va mikroavtobuslar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining kamaytirilishi uchun xavfsizlikni yaxshilash, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va haydovchilarni muntazam ravishda o‘qitish zarur.

Downloads

Published

2025-01-05

Issue

Section

Articles