NOSQL BAZALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI VA TEXNOLOGIYALARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA AMALIY TADQIQOTLAR
Keywords:
NoSQL bazalar, samaradorlikni optimallashtirish, sharding, indekslash, keshlash, masshtablanish, katta ma‘lumotlarAbstract
Ushbu maqolada NoSQL bazalarining samaradorligini
oshirishga yo‗naltirilgan bir qator usul va texnologiyalar – jumladan, ma‘lumotlarni
modellashtirishni optimallashtirish, indekslash strategiyalari, sharding va
partitsiyalash texnikalari, keshlash mexanizmlari, so‗rovlarni optimallashtirish va
mustahkamlik modellarini moslash masalalari batafsil tahlil qilindi. Asosiy xulosalar
shuni ko‗rsatadiki, so‗rovga asoslangan dizaynni intellektual sharding va ko‗p
qatlamli keshlash bilan uyg‘unlashtirish kechikishni sezilarli kamaytirib, ish
yuklamasiga qarab tizim unumdorligini bir necha baravar oshirishi mumkin. Maqola
amaliyotchilar uchun tavsiyalar va energiya samaradorligi hamda sun‘iy intellektga
asoslangan NoSQL optimallashtirish yo‗nalishlarida kelajak tadqiqot istiqbollari
bilan yakunlanadi.

