NEYRON TOʻRLARIDA SINAPTIK VAZNLARNI HISOBLASH
Keywords:
sun’iy neyron to‘rlari, sinaptik vaznlar, o‘rganish algoritmlari, faollashtirish funksiyasi, ko‘p qatlamli neyron to‘r, to‘g‘ri tarqalishli to‘r, rekkurent neyron to‘r, statik va dinamik to‘rlar, tarmoq arxitekturasi, sun’iy intellekt.Abstract
Ushbu maqolada sun’iy neyron to‘rlarining ishlash tamoyillari, ularning arxitekturaviy tuzilishi hamda sinaptik vaznlarni hisoblash va optimallashtirish jarayonlari chuqur tahlil qilingan. Neyron to‘rlarining biologik asoslari va ularning soddalashtirilgan modeli sifatida sun’iy tizimlarda qo‘llanilishi yoritilib, turli arxitekturalar — to‘g‘ri tarqalishli va rekurrent, statik va dinamik to‘rlarning o‘ziga xos jihatlari bayon etilgan.
Maqolada neyronlarning o‘zaro bog‘lanish mexanizmlari, faollashtirish funksiyalarining ahamiyati hamda o‘rganish algoritmlarining (o‘qituvchili, o‘qituvchisiz va aralash) sinaptik vaznlarni shakllantirishdagi ro‘li asoslab berilgan. Shuningdek, neyron to‘rlarning umumlashtirish qobiliyati, overfitting muammosi va uni bartaraf etish usullari ham ko‘rib chiqilgan.

