MARKAZIY VINTSIMON VALGA EGA VINTLI KONVEYERDA ENERGIYA SARFINING AYLANISH TEZLIGIGA BOG‘LIQLIGINING NAZARIY TAHLILI
Keywords:
vintli konveyer, energiya sarfi, aylanish tezligi, burovchi moment, nazariy model.Abstract
Ushbu maqolada markaziy vintsimon valga ega vintli konveyerning ish jarayonida energiya sarfining aylanish tezligiga bog‘liqligi nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot to‘liq analitik modellashtirishga asoslangan bo‘lib, quritilmagan paxtaning fizik-mexanik xususiyatlari, konveyer konstruktiv parametrlari hamda mexanik qarshilik kuchlari hisobga olingan. Burovchi momentning aylanish tezligiga nochiziqli bog‘liqligi asosida konveyerning quvvat sarfi aniqlanib, energiya samaradorligining optimal ish rejimi mavjudligi nazariy asoslandi. Olingan natijalar vintli konveyer yuritmalarini loyihalashda va elektr dvigatel quvvatini tanlashda qo‘llanishi mumkin.

