AVTOMOBIL SALONINI ISSIQ IQLIM SHAROITIDA EKSPLUATATSIYA QILISHDA SALON MATERIALLARINING ISSIQLIK-FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI

Authors

  • Saitturayeva Odinaxon Ismatullo qizi Author

Keywords:

avtomobil saloni materiallari, issiq iqlim, issiqlik qulayligi, fiziologik ko‘rsatkichlar, 3D-mesh, PCM-qoplama, termal komfort, haydovchi xavfsizligi.

Abstract

Markaziy Osiyo iqlimi, xususan O‘zbekistondagi yoz faslida tashqi havo harorati 45–55°C ga yetishi avtomobil saloni materiallarining issiqlik xususiyatlariga alohida talablar qo‘yadi. Ushbu tadqiqot oltita turdagi salon materialining (tabiiy charm, PVC charm, trikotaj to‘qima, Alcantara, 3D-mesh va PCM-qoplama) issiqlik o‘tkazuvchanlik, yuzaki harorat va haydovchining fiziologik holati ko‘rsatkichlariga ta’sirini eksperimental-tahliliy usulda o‘rganadi. Tadqiqot Andijon viloyatida 2024-yil iyun–avgust oylarida 30 ta ishtirokchi bilan o‘tkazildi; tashqi harorat 45–55°C oralig‘ida bo‘lgan sharoitda yuzaki harorat, teri harorati, ter ajralishi, yurak urish tezligi va diqqat konsentratsiyasi o‘lchandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, PVC charm yuzaki harorati 45°C sharoitda 54°C ga yetadi va diqqat konsentratsiyasini 312 ms gacha pasaytiradi. 3D-mesh to‘qima yuzaki haroratini 40°C da ushlab, haydovchi reaksiya vaqtini 261 ms ga, PCM qoplama esa 248 ms ga kamaytirdi. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan salon materiali tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Downloads

Published

2026-04-09