QISHLOQ XO‘JALIGIDA BIOLOGIK FAOL O‘G‘ITLAR ISHLAB CHIQARISHDA ENDOFIT BAKTERIYALARNING AHAMIYATI VA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Tojiboyeva Shahnoza G‘ayrat qizi Author

Keywords:

Bioo‘g‘itlar, endofit bakteriyalar, cistanche, fitogormonlar, nanoinkapsulyatsiya, avtomatlashtirilgan fermentatsiya tizimlari.

Abstract

O‘simlik endofit bakteriyalarining qishloq xo‘jaligida biologik faol o‘g‘itlar sifatida qo‘llanilishi, ularning o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi xususiyatlari va biotik hamda abiotik stresslarga chidamlilikni oshirishdagi roli juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, endofit bakteriyalardan foydalanib biologik o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnik vositalar, xususan fermentatsiya bioreaktorlari, suyuq fazali fermentatsiya texnologiyalari va suzuvchi kulturali texnologiyalar tahlil qilinadi. Biologik o‘g‘it ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish orqali ularning samaradorligi va ekologik xavfsizligini ta'minlash istiqbollari yoritilgan.

Downloads

Published

2025-07-31

Issue

Section

Articles