MASHINALI O‘QITISHNING ASOSIY TURLARI VA O‘QITISH MODELI
Keywords:
Mashinali o‘qitish, sun’iy intellekt, nazorat ostida o‘qitish, nazoratsiz o‘qitish, yarim nazorat ostida o‘qitish, chuqur o‘rganish, algoritm.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan sun’iy intellektning ajralmas qismi bo‘lgan mashinali o‘qitish (Machine Learning) tushunchasi, uning asosiy turlari, ishlash prinsipi va amaliy qo‘llanilish sohalari yoritiladi. Shuningdek, nazorat ostida, nazoratsiz, yarim nazorat ostida va mustahkamlangan o‘qitish modellari o‘rganiladi. Maqola mashinali o‘qitish texnologiyalariga qiziqqan talabalar va tadqiqotchilar uchun dastlabki qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

