VIRTUAL MUZEYLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Keywords:
Virtual muzey”, “muzeyshunoslik”, “3D modellashtirish”, “Google Earth”, “raqamli texnologiya”, “tarixshunoslik”, “virtual ekskursiya”.Abstract
: Hozirgi davrga kelib mamlakatimizda tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar hamda muzeylardagi merosimizni dunyoga tanitish va tashrif buyurishni xohlovchilar sonini orttirish uchun turli zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dolzarb vazifaga aylandi. Shu sababdan tarixiy-madaniy yodgorliklarning 3D modellarni yaratish, virtual muzeylar tizimini tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada virtual muzeylar tushunchasi, ularning yaratilish texnologiyalari va zamonaviy jamiyatdagi oʻrni haqida soʻz yuritiladi. Shuningdek, virtual eksponatlarning interaktivligi, geografik chegaralarsiz foydalanish imkoniyati va yosh avlodga tarixni zamonaviy usulda oʻrgatishdagi ahamiyati yoritiladi hamda mavzu yuzasidan ba’zi xulosalar beriladi.

